Ta'lim Modeli va Tartib Qoidalar

Maktabimizning o'quv jarayoni metodikasi, ixtisoslashgan fanlar va ichki tartib-intizom qoidalari.

Metodologiya

Zamonaviy Ta'lim Modeli

Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta'lim jarayoni ilg'or xalqaro tajribalar va ilgmiy-amaliy yondashuvlarga asoslangan bo'lib, o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va mustaqil izlanish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Ixtisoslashgan Fanlar

Matematika

Mantiqiy fikrlash, algoritmik yondashuv va yuqori darajadagi masalalarni yechish orqali o'quvchilarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlaydi.

Fizika

Nazariy bilimlarni zamonaviy fizika laboratoriyalarida amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga alohida e'tibor qaratiladi.

Biologiya

Tirik organizmlar olami, genetika, anatomiya va zamonaviy biotexnologiya yo'nalishlarini chuqur o'rganish imkonini beradi.

Kimyo

Organik va noorganik kimyo jarayonlari, moddalar xossalari hamda xavfsiz laboratoriya tajribalarini o'tkazish ko'nikmalari.

Chet tillari (Ingliz tili va boshqalar)

O'quvchilarning erkin muloqot qilishini ta'minlash, xalqaro imtihonlarga (IELTS/CEFR) tayyorlash hamda chet tilida ilmiy adabiyotlardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Intizom va Madaniyat

Maktab Tartib Qoidalari

Ta'lim sifatini ta'minlash va sog'lom muhitni saqlash maqsadida barcha o'quvchilar quyidagi qoidalarga qat'iy amal qilishlari shart.

Dars intizomi va o'z vaqtida kelish

O'quvchilar dars boshlanishidan kamida 15 daqiqa oldin maktabda bo'lishlari, sababsiz dars qoldirmasliklari va dars jarayoniga to'sqinlik qilmasliklari shart.

Maktab formasi va tashqi ko'rinish

Maktab-internatining belgilangan rasmiy yagona formasida yurish, toza va saranjom-sarishtalik talab etiladi. Sport turlari uchun maxsus formadan foydalaniladi.

Yotoqxona va internat tartibi

Yotoqxonada yashovchi o'quvchilar ichki kun tartibiga, navbatchilik qoidalariga va kechki jimjitlik vaqtlariga qat'iy rioya etishlari talab qilinadi.

Axloqiy me'yorlar va xavfsizlik

O'qituvchilar va tengdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish, maktab mulkini avaylab-asrash hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish muhim shartdir.