2026-2027 O'quv yili Qabuli

Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o'qishga kirish yo'nalishlari va hujjat topshirish tartibi bilan tanishing.

Ta'lim yo'nalishlari

Qaysi yo'nalishlarda o'qish mumkin?

Maktabimizda iqtidorli o'quvchilar uchun quyidagi ustuvor ixtisoslashgan yo'nalishlar mavjud.

Aniq fanlar yo'nalishi

Matematika, fizika va Ingliz tili fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga mo'ljallangan bo'lib, xalqaro olimpiadalar va raqamli texnologiyalarga tayyorlaydi.

  • Chuqurlashtirilgan Matematika
  • STEM laboratoriya darslari

Tabiiy fanlar yo'nalishi

Kimyo, biologiya va biotexnologiya fanlariga qiziquvchi, kelgusida tibbiyot va ilm-fan соhasini tanlamoqchi bo'lganlar uchun.

  • Zamonaviy Kimyo-Biologiya lab
  • Ilmiy loyihalar ustida ishlash
Qadamlar

Qanday ariza topshirish mumkin?

O'qishga kirish jarayoni quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlardan iborat.

1

Onlayn Ro'yxatdan o'tish

Maxsus portal orqali pasport/tug'ilganlik haqida guvohnoma ma'lumotlarini kiritib ariza to'ldirasiz.

2

Hujjatlar tahlili

Maktab ma'muriyati topshirilgan baholar tabeli va hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.

3

Kirish imtihonlari

Nomzodlar tanlagan ixtisoslik yo'nalishi va mantiqiy-matematik fanlardan test sinovlaridan o'tishadi.

4

Natijalar va Qabul

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar maktab-internatga rasman o'qishga qabul qilinadi.

Dastlabki ro'yxat

Qabul uchun onlayn murojaat

Ma'lumotlaringizni qoldiring, qabul komissiyasi siz bilan bog'lanib batafsil ma'lumot beradi.

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar